Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmari berdi

eʼlon qilindi
Majmua Samarqand shahrida qurilmoqda
Afg‘oniston Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi uchun 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmari berdi / Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillarining Termiz xalqaro savdo markazida ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi hamda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Afg‘oniston bosh vaziri kotibiyati rahbari Mullo Abdul Vose hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, transport-logistika, gumanitar va madaniy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Muzokaralar yakunida Afg‘oniston tomonidan yuborilgan va hozirda Samarqand shahrida qurilayotgan Imom Buxoriy majmuasi uchun mo‘ljallangan 16 ta yuk mashinasidagi Hirot oq marmari O‘zbekiston tomoniga topshirildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Samarqandga tashrifi doirasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan edi.

Shuningdek