ILMA O‘zbekistondagi sug‘urta tashkilotlari reytingini e’lon qildi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan 2024-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistondagi sug‘urta tashkilotlarining reytingi e’lon qilindi. Unda Apex Insurance kompaniyasi 115 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Keyingi o‘rinda Kafolat sug‘urta kompaniyasi (108 ball) va O‘zagrosug‘urta (102 ball) turibdi.
Reytingda jami 28 ta sug‘urta kompaniyasi baholangan bo‘lib:
- 13 tasi «Yuqori» toifaga (AAA, AA, A) kiritildi (46,4%);
- 15 tasi «O‘rta» toifaga (BBB, BB, B) tegishli (53,6%);
- «Qoniqarsiz» yoki «Kuchsiz» toifaga hech bir kompaniya tushmadi.
Pastki o‘rinlarni esa My-insurance AJ CT (60 ball), Neo insurance corp AK (66 ball) va Global insurance group AJ CT (68 ball) egallagan.
Mazkur reyting «Sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom» asosida shakllantirilib, sug‘urta kompaniyalarining oylik, choraklik va yillik faoliyatiga oid miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan banklarning yangi reytingi e’lon qilingani haqida yozgandi.