Alisher Qodirov: sovet davriga sog‘inchni singdirilishi milliy tahdid sifatida baholanishi zarur

eʼlon qilindi
MMT vazirligidan izoh so‘ralgan
Alisher Qodirov
Alisher Qodirov: sovet davriga sog‘inchni singdirilishi milliy tahdid sifatida baholanishi zarur / Foto: Alisher Qodirov instagram sahifasi

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov bog‘cha va maktablarda bolalarning ongostiga sovet davriga sog‘inch va muhabbatni singdirilishi milliy tahdid sifatida baholanishi shartligini qayd etdi.

Deputatga ko‘ra, MMT vazirligidan bu masalada izoh so‘ralgan.

Partiya rahbarining bunday fikr bildirilishi Toshkent shahridagi ayrim maktablarda 9-may kunini tartib qoidalarsiz nishonlayotganlar haqida tarqalgan xabarlar fonida yuz berdi.

Voqea o‘zi qanday bo‘lgan?

Chilonzor tumanidagi 188-maktabning boshlang‘ich sinf rahbari o‘quvchilarga «Katyusha» va «Smuglyanka» qo‘shiqlarini kuylatishga uringani haqida xabarlar tarqalgan. MMT malumotlariga ko‘ra, 2025-yil 8-may kuni o‘zi rahbarlik qilayotgan 4-«G» sinf o‘quvchilari bilan maktab ma’muriyatini ogohlantirmasdan dars jadvalida birinchi soatda ko‘rsatilgan matematika fani darsini o‘tmasdan o‘zboshimchalik bilan «Xotira va qadrlash kuni»ni nishonlashga uringan. Maktab ma’muriyatining esa bundan xabari bo‘lmagan.

«Bundan xabar topgan maktab ma’muriyati o‘qituvchini dars mahalida bunaqa tadbir o‘tkazishi mumkin emasligi haqida yana bir bor ogohlantirgan. Bu kabi tadbirlar darsdan keyin o‘tkazilishi zarurligini, agar o‘zboshimchalik qiladigan bo‘lsa, o‘qituvchi ishdan bo‘shash uchun ariza yozishi lozimligini bildirgan», – deyiladi MMT xabarida.

Bu holat yuzasidan Alisher Qodirov quyidagi fikrlarni bildirdi:

«O‘zbekistondagi bog‘cha va maktablar farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, o‘zligimizga mehr va sadoqat bilan tarbiyalash uchun kerak, tashqi propaganda targ‘iboti uchun emas. MMT vazirligidan bu masalada izoh so‘raladi. Tashqi ishlar vazirligiga Rossotrudnichestvo faoliyatini tahlil qilish haqida so‘rov yubormoqchimiz».

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Alisher Qodirov Rossiya mehnat bozorini o‘zbekistonliklar uchun befoyda va xavfli deb atagani haqida yozgan edi.

Shuningdek