O‘zbekistonda «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» iqtisodiy forumi qachon bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Iqtisodiy va investorlar forumi

O‘zbekistonda «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi / Foto: CADP

Noyabr oyida O‘zbekistonda Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi iqtisodiy va investorlar forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi elchisi Toivo Klaar ma’lum qildi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, qutblanish va mojarolar tobora kuchayib borayotgan dunyoda Yevropa Ittifoqi ilgari surayotgan tamoyillar – demokratiya, qonun ustuvorligi, inklyuzivlik va inson qadr-qimmatiga hurmat – har qachongidan ham dolzarbroq.

«Prezident Mirziyoyevning joriy yilda Bryusselga tashrif buyurib, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashini kutmoqdamiz. Ushbu tarixiy tashrif Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifani ochadi. Biz hamkorligimizni yanada chuqurlashtiramiz, yo‘nalishlarini kengaytiramiz va takomillashtiramiz», – deydi elchi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston BMT Turizm Yevropa komissiyasi (CEU) raisligiga tarixda ilk bor nomzodini ilgari surayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek