Green Card natijalarini qanday to‘g‘ri tekshirish mumkin

eʼlon qilindi
Green card
Green Card natijalarini qanday bilish mumkin? / Foto: Depositphotos

Har yili dunyo bo‘ylab millionlab odamlar Amerikaning doimiy yashash huquqini beruvchi Green Card (yashil karta) lotereyasida ishtirok etadi. Ushbu dastur AQSh Davlat departamenti tomonidan tashkil etiladi va Diversity Visa (DV) Program deb ataladi. Lotereyada ishtirok etganlar uchun eng hayajonli bosqichlardan biri bu – Green Card natijalari aniqlanish jarayoni hisoblanadi. Ko‘plab nomzodlar ushbu bosqichda qanday harakat qilishni bilmay, chalkashib qolishadi. Kursiv Uzbekistan sizga Green Card natijalarini qanday tekshirish, nima kerak bo‘lishi va keyingi qadamlar haqida aniq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etadi.

Natijalarni tekshirish sanasi

Green Card lotereyasi natijalari har yili may oyining boshlarida e’lon qilinadi. Masalan, agar siz 2024-yil oktabr oyida ariza topshirgan bo‘lsangiz, natijalarni 2025-yilning 4-may kunlari e’lon qilindi. Natijalarni tekshirish va g‘oliblar arizasi sentabr oyining oxirigacha qabul qilinadi.

Natijalarni qayerdan va qanday tekshirish mumkin?

Green Card natijalarini faqat AQSh Davlat departamenti tomonidan boshqariladigan quyidagi rasmiy sayt orqali tekshirish mumkin:

https://dvprogram.state.gov/

Bu saytdan tashqari boshqa hech qanday platforma orqali tekshirish mumkin emas. Noma’lum saytlarga shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang – bu firibgarlik bo‘lishi mumkin.

Tekshirishda nimalar kerak bo‘ladi?

Natijalarni tekshirishda quyidagi ma’lumotlarni tayyorlab qo‘ying:

  • Confirmation Number – bu ariza topshirganingizda berilgan 16 xonali raqam (masalan: 2025xxxxxxxxxxxx).
  • Family Name – familiyangiz, arizada qanday ko‘rsatilgan bo‘lsa, xuddi shunday.
  • Birth Year – tug‘ilgan yilingiz (faqat yil).
  • Captcha kod – xavfsizlik uchun avtomatik ko‘rsatiladigan kodni to‘g‘ri kiriting.

Qadam-baqadam tekshirish yo‘riqnomasi:

https://dvprogram.state.gov/ saytiga kiring.

Bosh sahifadagi «Check Status» tugmasini bosing.

Foto: Ekran tasviri

Ochilgan sahifada «Continue» tugmasini bosing.

Foto: Ekran tasviri

So‘ralgan ma’lumotlarni kiriting: Confirmation Number, Family Name (familiya), Birth Year (tug‘ilgan yil).

Foto: Ekran tasviri

Captcha kodni kiriting va «Submit» tugmasini bosing.

Foto: Ekran tasviri

Agar siz yutgan bo‘lsangiz, ekranda «You have been selected» degan, yutmaganlar uchun esa «Has not been selected» degan xabar chiqadi.

Yutganlar uchun keyingi qadamlar

Agar siz tanlangan bo‘lsangiz, bu hali AQSh vizasini qo‘lga kiritdingiz degani emas. Sizga maxsus raqam (Case Number) biriktiriladi va siz DS-260 nomli immigratsion formani to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng siz elchixona suhbatiga chaqirilasiz. Bu jarayon professional yondashuvni talab qiladi, shuning uchun hujjatlar, tibbiy ko‘rik va boshqa rasmiy ishlarni e’tiborsiz qoldirmang.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri o‘zbekistonliklar 2025-yilgi «Green Card» lotereyasi g‘oliblari orasida eng ko‘p o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.

Shuningdek