Abduqodir Husanov nega maydonga tushirilmayapti: sabablar ochiqlandi

15-may 2025 12:14 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Abduqodor Husanov
Abduqodir Husanov nega maydonga tushirilmayapti: Sabablar ochiqlandi / Foto: Neal Simpson/Sportsphoto/Allstar via Getty Images

«Manchester Siti» himoyachisi, hamyurtimiz Abduqodir Husanovning so‘nggi paytlarda maydonga tushirilmayotgani bo‘yicha angliyalik futbol ekspertlari fikr bildirdi. Bu Manchestercity.news portalida e’lon qilindi.

Irlandiyalik futbolchi va sport sharhlovchisi Roy Kinning fikricha, Husanov «Man Siti» dagi hayotini qiyin boshlagan bo‘lsa-da, kelajagi porloq bo‘ladi. Sharhlovchi uning hozirgi holati emas, balki yangi jamoada bir qator o‘yinlarni uddaburonlik bilan o‘tkazganini eslaydi.

Ingliz futbolchisi Dion Dublin Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»dagi hayoti oson kechmayotganini qayd etgan. Uning fikricha, Husanov yangi muhit va yangi chempionatga ko‘nikish uchun bor kuchini sarflamoqda. Hozirda jamoadoshi braziliyalik Vitor Reis bilan yaxshi aloqa o‘rnatgan va bu do‘stlik uning jamoaga moslashuvini tezlashtirmoqda. Sobiq futbolchi kelgusi mavsumda Husanov o‘zining haqiqiy iqtidorini ko‘rsatishi va muxlislarni xursand qilishiga ishonmoqda.

Foto: Mancity.com

Nashrning qayd etishicha, Husanov qariyb bir oy davomida mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Klubning rasmiy saytida o‘zbekistonlik himoyachi 9-may kungi mashg‘ulotlarda qatnashgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov «Manchester Siti» klubining eng yaxshi o‘yinchisi deb topilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek