Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov nega qidiruvga berildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Gasanov 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
                    
                            
Rossiyalik mashhur videobloger va tadbirkor Guseyn Gasanovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
U jinoyat yo‘li bilan olingan daromadlarni legallashtirish bo‘yicha ayblanmoqda. Mazkur ayblov bilan Gasanov 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va 1 million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Hozirda Moskva sudining qarori bilan Gasanov xalqaro qidiruvga berilgan. Federal kengash a’zosi Yelena Mizulina ma’lumotiga ko‘ra, bloger ayni paytda qochqinlikda va Rossiya hududidan tashqarida istiqomat qilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportatsiya qilingani haqida yozgandi.
