Telegram $50 minglik tanlov e’lon qildi

eʼlon qilindi
Muddat 27-maygacha
Telegram
Foto: prykhodov / depositphotos.com

Telegram messenjeri ilk bor kontent yaratuvchilari uchun $50 minglik tanlov e’lon qildi. Bu haqda Telegram Designers kanalida ma’lum qildi.

Unda Telegram’ning WhatsApp’dan innovatsiyalar bo‘yicha ustunligini ko‘rsatadigan video yaratish so‘ralgan. Videoda Telegram WhatsApp’dan ancha oldin joriy qilgan asosiy funksiyalar tasvirlanishi kerak.

Asosiy talablar quyidagilar:

  • barcha matn va nutq ingliz tilida bo‘lishi zarur;
  • video 180 soniyadan oshmasligi kerak;
  • Telegram taqdim etgan materiallardan ilhomlangan holda;
  • AI vositalaridan foydalanishga ruxsat berilgan.

Materiallar mazmuni va aniqligi, vizual ta’sirchanligi, mem salohiyati va ijtimoiy tarmoqlarda ommaviyligi (TikTok, Reels, Shorts formatiga mosligi) bo‘yicha baholanadi.

Arizalar qabuli shu yilning Toshkent vaqti bilan 27-may kuni soat 00:59 gacha qabul qilinadi. Yakuniy natijalar iyun oyida e’lon qilinadi.

Materiallarni yuborish tartibi haqida batafsil ko‘rsatmalar muddatga yaqinroq e’lon qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Durov Epic Games’ning Apple ustidan g‘alabasi monopoliyadan qutulish uchun muhim qadamligi haqida aytgandi.

Shuningdek