Afg‘onistondagi asosiy davlat kinostudiyasi yopib qo‘yildi

eʼlon qilindi
«Afghan Film» arxivining taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda
Фото: ShareGrid / Unsplash

Afg‘onistonda «Afghan Film» kinostudiyasi faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda Amu TV. Mamlakatni boshqarayotgan Tolibon bu haqda rasmiy bayonot bermadi. Ammo kompaniya xodimlariga uning tugatilganligi ma’lum qilindi.

«Afghan Film» 1968-yilda tashkil etilgan. Kompaniya uzoq vaqt davomida davlatning kinematografiya va hujjatli film sanoatining asosiy poydevori bo‘lib kelgan.

Tolibon harakati hokimiyatga kelishidan oldin kinokompaniya Afg‘oniston Axborot va madaniyat vazirligi qoshida faoliyat yuritgan bo‘lib, uning tarkibida 30 – 40 nafar xodim ishlagan.

Tolibon hukumati shakllangandan so‘ng «Afghan Film» rahbari Sahara Karimiy mamlakatdan qochib ketdi.

Mamlakat hayotining o‘n yilliklarini aks ettirgan minglab tasma yozuvlari saqlanayotgan «Afghan Film» arxivining taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Afg‘onistonda shaxmat taqiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek