1-sentabrdan radar belgilari majburiy tartibda o‘rnatiladi
eʼlon qilindi
Yo‘l ta’mirlash ishlarini soat 07:00 dan 21:00 gacha bajarishga ruxsat berilmaydi

1-iyundan boshlab shaharlardagi avtomobil yo‘llarida yo‘l ta’mirlash va chiziqlarni chizish bilan bog‘liq ishlarni soat 07:00 dan 21:00 gacha bajarishga ruxsat berilmaydi (faqat dam olish kunlari yoki kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar bundan mustasno). Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda bunday ishlar faqat tungi vaqtlarda – transport harakati minimal bo‘lgan soatlarda bajariladi.
Shuningdek, joriy yil 1-sentabrdan boshlab barcha statsionar va mobil radarlar joylashgan joylarda, ular o‘rnatilgan hududdan 250 – 500 metr oldinda «Radar» yo‘l belgisini o‘rnatish majburiy bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-iyundan yo‘l chiziqni bosganlik uchun avtomatik jarima yozilmasligi haqida xabar bergandi.