2025-yilning eng sifatli gibrid avtomobillari reytingi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Mazda EZ-6 144 ball bilan reyting yetakchisiga aylandi
Foto: Mazda

Xitoy Avtomobil sifati tarmog‘i 2025-yilning birinchi choragi uchun gibrid avtomobillar sifati reytingini e’lon qildi.

Reytingda 95 ta model baholandi va har biri buzilishlar hamda nuqsonlar soniga ko‘ra jarima ballari asosida baholandi. Ballar qancha kam bo‘lsa, mashina sifati shuncha yuqori hisoblanadi. O‘rtacha ko‘rsatkich 187 ballni tashkil etdi.

Reytingda eng yuqori sifat ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan avtomobillar orasida Mazda EZ-6 144 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarda GAC ES9 (145 ball) va Tank 300 Hi4-T (146 ball) joylashdi. Bu modellar foydalanuvchilar tomonidan eng kam shikoyat va buzilish bilan qayd etilgan.

Eng past sifat ko‘rsatkichlariga ega mashinalar esa JAC Refine RF8 PHEV (237 ball), Forthing Xinghai V9 (246 ball) va Maxus Mifa 7 (257 ball) bo‘ldi. Ushbu modellar ishonchlilik darajasi past bo‘lganligi sababli reytingning quyi pog‘onalarida joy oldi.

Reytingda shuningdek, Voyah Free, Aito M5, Deepal S07, Li Auto L6 kabi boshqa mashinalar ham baholandi. Li Auto kompaniyasining bir nechta modellari yuqori natijalar ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, sifati o‘rtacha darajada baholandi. Ajablanarlisi shundaki, uncha mashhur bo‘lmagan Rox 01 sifati bilan reytingda nisbatan yuqori o‘rinlarda qayd etilgan.

Bu reyting Xitoyda gibrid avtomobillar bozori qanday rivojlanayotganini, shuningdek, xaridorlar uchun ishonchli transport vositalarini tanlashda muhim manba bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Leapmotor C10 elektromobili sotuvga chiqqan edi.

Shuningdek