Yana ikki firma Umra faoliyati uchun litsenziya oldi
eʼlon qilindi
Dastlabki bosqichda 12 ta tadbirkorlik subyekti mazkur litsenziyani qo‘lga kiritgan

15-may kuni o‘tkazilgan tanlov natijasida ikki turfirma Umra faoliyati uchun litsenziya olish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ulardan biri Toshkentdagi «Centrum holidays» MChJ, ikkinchisi Buxorodagi «Buxoro Umra jamiyati» MChJdir.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, dastlabki bosqichda 12 ta tadbirkorlik subyekti mazkur litsenziyani qo‘lga kiritgan. Ma’lumot o‘rnida «O‘zbekistonda Haj va Umra yagona portali» hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri tur firmaga aldangan 600 nafarga yaqin Umra ziyoratchisi O‘zbekistonga qaytgani haqida yozgan edi.