Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
eʼlon qilindi
Qozog‘iston prezidenti 72 yoshga to‘ldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirziyoyev Toqayevga qozoq xalqi farovonligi yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Ikki davlat rahbarlari strategik hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Muloqot chog‘ida prezidentlar sanoat kooperatsiyasi, logistika loyihalari, turizm, ta’lim va qishloq xo‘jaligiga e’tibor qaratgan.
17-may Qozog‘iston rahbari 72 yoshni qarshiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Olmaotada norasmiy uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgan edi.