«Toshkent» birjasida hafta davomida qaysi aksiyalar yetakchi bo‘ldi

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 12-maydan 16-maygacha boʻlgan davrda turli dinamikani koʻrsatib, UCI fond indeksi deyarli o‘zgarishsiz qoldi.
Eng katta o‘sishni «O‘zbektelekom» aksiyalari qayd etdi (+3,96%). Shuningdek, «Aloqabank» (+2,38%) va «Olmaliq KMK» imtiyozli aksiyalari (+1,11%) ham yetakchi o‘suvchilar safidan joy oldi.

Aksiyalarining eng katta qadrsizlanishi «Uzbekinvest» (-7,40%) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (-5,79%) va «Dori-Darmon» oddiy aksiyalari (-2,46%) sezilarli pasayishni ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilning birinchi choragida «Toshkent» respublika fond birjasining sof foydasi 4,6 milliard so‘mga yetgani haqida yozgan edi.