
Italiya A Seriyasining 37-turida «Roma» jamoasi o‘z maydonida «Milan»ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi va 84-daqiqada zaxiraga olindi.
Uchrashuv boshidan «Roma» ustunlikni qo‘lga oldi – 3-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pni Jianluka Manchini darvozaga yo‘lladi.
21-daqiqada o‘yinning burilish nuqtasi ro‘y berdi – «Milan» hujumchisi Santyago Ximenes Manchini ko‘kragiga zarba bergani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi. «Milan» maydonda o‘yinni bir kishi kam holatda davom ettirdi.
Shunga qaramay, mehmonlar 39-daqiqada hisobni tenglashtirdi – Joao Feliks o‘z jamoasini o‘yinga qaytardi.
Ikkinchi bo‘limda «Roma» ustunligini kuchaytirdi: Leandro Paredes g‘alaba golini urdi, so‘nggi nuqtani esa Bryan Kristante 87-daqiqada to‘pni darvozaga kiritdi – 3:1.
G‘alabadan so‘ng «Roma» ochkolarini 66 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Milan» esa 60 ochko bilan 9-o‘ringa tushib ketdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan A seriyaning 36-turidan o‘rin olgan «Atalanta» – «Roma» uchrashuvi mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangani haqida yozgandi.