Zangiotadagi «zapravka»da 1,4 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

eʼlon qilindi
«P.G.O.» MCHJ rahbari tomonidan
Zangiotada gaz o'g'irligi
Zangiotadagi «zapravka»da 1,4 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlandi / Foto: Bosh prokuratura

Toshkent viloyatiтштп Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi «P.G.O.» MCHJ rahbari shu jamiyatga qarashli gaz to‘ldirish kompress shoxobchasida yirik hajmdagi tabiiy gazni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, holat gaz hisoblagich qurilmasiga tashqi aralashuv orqali sodir etilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy harakatlar natijasida davlatga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Hodisa yuzasidan MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. Tergov jarayonida keltirilgan zarar to‘liq undirilgani qayd etilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Nukusda 3,4 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangani haqida xabar bergandi.

Shuningdek