Shavkat Mirziyoyevga yangi metro liniyasi taqdim etildi

eʼlon qilindi
Yangi metro Toshkent traktor zavodigacha boradi
Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 19-may kuni prezidentga Toshkent metropolitenini kengaytirish va rivojlantirish borasidagi loyihalar haqida taqdimot qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyihaga ko‘ra, endilikda metropoliten yo‘nalishini Toshkent traktor zavodi hududiga qadar olib borish rejalashtirilmoqda. Avvalgi muhokamalarda prezident loyiha iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lishi zarurligini ta’kidlagan edi. Shu asosda ishlab chiqilgan yangi taklifga ko‘ra, loyihani ikki bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Loyiha
Foto: Prezident matbuot xizmati

Birinchi bosqichda Chilonzor yo‘lining Pushkin bekatidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Feruza dahasigacha, mavjud temir yo‘lga parallel tarzda, yer ustidan metro liniyasi barpo etiladi. Ikkinchi bosqichda esa yo‘nalish Toshkent traktor zavodi hududidagi Shoh bekatiga qadar kengaytiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda ushbu hududdan shaharning markaziga har kuni 47 mingta avtomobil orqali qariyb 194 ming yo‘lovchi kirib kelmoqda. Yangi metro liniyasi esa kuniga 85 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Taqdimotda loyiha bo‘yicha texnik va amaliy masalalar batafsil muhokama qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mart oyida Chilonzor metro yo‘nalishi TTZgacha uzaytirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek