O‘zbekistonning internet tezligidagi o‘rni qanday

eʼlon qilindi
Simli internet tezligini taqqoslaganda O‘zbekiston 80-o‘rindan 76-o‘ringa ko‘tarilgan
O‘zbekistonning internet tezligidagi o‘rni qanday / Foto: Globallookpress.com

O‘zbekiston Speedtest Global Index reytingida mobil internet tezligi reytingida 71-o‘rindan 72-o‘ringa pasaydi. Mamlakatning joriy internet tezligi 53,33 Mbit/s ni tashkil etdi.

Mobil internet bo‘yicha ro‘yxatning birinchi o‘rnini Qatar egallagan bo‘lsa, Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha Qozog‘iston (51) yetakchilik qildi.

Simli internet tezligini taqqoslaganda O‘zbekiston 80-o‘rindan 76-o‘ringa ko‘tarilgan. Statsionar ulanishning o‘rtacha tezligi esa 83,61 Mbit/s ni tashkil etdi.

Simli internet bo‘yicha ustunlikni Singapur saqlab qoldi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha birinchi o‘rinni O‘zbekiston egallagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xitoyda 5G tarmog‘idan 10 barobar yuqori tezlikda ishlaydigan texnologiya yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek