14,9 mlrd so‘mlik bitim asosida «ERP madaniyat» tizimi yaratiladi

eʼlon qilindi
Tizimni yaratish va unga 3 yil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
14,9 mlrd so‘mlik bitim asosida «ERP madaniyat» tizimi yaratiladi / Foto: Madaniyat vazirligi

Prezident farmoniga asosan O‘zbekistonda 2024 – 2027-yillarga mo‘ljallangan «ERP madaniyat» yagona boshqaruv tizimi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

«ERP madaniyat» orqali madaniyat va san’at sohasida xizmat ko‘rsatish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi. Tizimni yaratish va unga uch yil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qiymati 14,9 mlrd so‘mlik bitim tuzilgan», – dedi vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov.

Yangi axborot tizimi doirasida 26 ta quyi axborot tizimi, 5 ta mobil ilova va 12 ta elektron davlat xizmati joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu orqali 1,4 mingdan ortiq tashkilotlar, 34 mingdan ziyod xodimlar va ijodkorlar yagona elektron bazaga kiritiladi, ularga milliy reyting yuritiladi.

Shuningdek, tizim davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshiradi: noto‘g‘ri sarflanayotgan yiliga o‘rtacha 19 mlrd so‘mning oldi olinishi kutilmoqda. «ERP madaniyat» 2025-yil may oyidan boshlab bosqichma-bosqich joriy etiladi va 2026-yil oxirigacha to‘liq ishga tushiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy Osiyo madaniy merosini muhofaza qilish tanloviga arizalar qabul qilina boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek