20-may kuni O‘zbekiston bo‘ylab iliq va barqaror ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Maklimal havo harorati 37 darajagacha yetadi
20-may luni O‘zbekiston bo‘ylab iliq va barqaror ob-havo kutiladi / Foto: Pexels.com

20-may kuni mamlakatimiz hududida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo ochiq bo‘lib, kun issiq kechadi — kechasi havo harorati 15-17°, kunduzgisi esa 31-33° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida sharqdan esuvchi shamol (7-12 m/s) fonida harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° gacha ko‘tariladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida esa issiq ob-havo davom etadi: kunduzgi harorat 37° gacha yetishi mumkin.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo ochiq va iliq — kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham kunduzgi harorat 37° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida – Andijon, Namangan, Farg‘onada – kun nisbatan issiq, lekin mo‘’tadil bo‘ladi: kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°ni tashkil qiladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa nisbatan salqin havo hukm suradi – kunduzgi harorat 20-25° bo‘lib, ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari xavfi saqlanib qoladi.

Shuningdek