Bahrayn, Kuvayt va O‘monliklarga O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi

eʼlon qilindi
Shu yilning 1-iyunidan
Vizasiz rejim
Bahrayn, Kuvayt va O‘monliklarga O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi / Foto: Avesta.tj

Shu yilning 1-iyunidan Bahrayn, Kuvayt va O‘mon fuqarolari uchun O‘zbekiston hududida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi. Bu haqda prezident farmonida ma’lum qilindi.

Shuningdek, 2025-yil yakunigacha 15,8 million xorijiy turistlar tashrifini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini $4 milliardga yetkazish, 40 million mahalliy sayyohlarning hududlarga safarini ta’minlash va qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

2025-yildan boshlab har yili 30-noyabrgacha hududiy turizm dasturlari ishlab chiqiladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizasiz rejim joriy qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek