Dollar kursi oshdi

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 20-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 892,91 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 34,76 so‘mga oshdi.
Dollar kursi bu haftani pasayish bilan boshladi: 19-may kuni 58,95 so‘mga tushib, 12 858,15 so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 6,98 soʻmga oshib, 14 512,26 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,63 soʻmga yuqorilab, 160,34 soʻmga teng boʻldi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 20-may kuni bir AQSh dollarini 12 795 – 12 855 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 860 – 12 955 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.