Vengriya parlamenti mamlakatning XJSdan chiqishini qo‘llab-quvvatladi

eʼlon qilindi
Ushbu qarorni 134 nafar deputat ma’qullagan
Vengriya parlamenti mamlakatning ICCdan chiqishini qo‘llab-quvvatladi / Foto: Naomi Baker / Getty Images

Seshanba kuni Vengriya parlamenti mamlakatni Xalqaro jinoiy suddan (XJS) chiqarish jarayonini boshlaydigan qonunni tasdiqladi. Bu qarorni 134 deputat qo‘llab-quvvatladi, 37 nafari qarshi chiqqan.

Vengriya hukumatiga ko‘ra, XJS «siyosiy qurol»ga aylangan. Budapesht xalqaro tashkilotlardan davlatlarga bosim o‘tkazish uchun foydalanilishini istamaydi.

Eslatib o‘tamiz, Vengriya XJSdan chiqish niyatini 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Budapeshtga tashrifidan so‘ng e’lon qilgan edi. Netanyaxu G‘azodagi harbiy jinoyatlarda ayblanib hibsga olish uchun XJS orderiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp Netanyaxuga qarshi order sabab Xalqaro jinoiy sudga sanksiyalar joriy qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek