Poytaxtda temir panjara va qavariq yo‘laklar uchun 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi

eʼlon qilindi
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida qavariq piyodalar o‘tish joylarini tashkil qilish uchun 588 mln so‘m ajratilmoqda
Tegishli takliflar «Toshkent Invest kompaniyasi» AJ Kuzatuv kengashiga kiritiladi
Poytaxt hokimi temir panjara va qavariq yo’laklarga qariyb 2,5 milliard ajratdi / Foto: Toshkent shahar hokimligi

Shavkat Umurzoqov Obodonlashtirish boshqarmalariga 2 milliard 44 million so‘m ajratdi. Bu haqda shahar hokimining qarori e’lon qilindi.

Mablag‘lar temir panjaralar o‘rnatish va qavariq piyodalar yo‘laklarini tashkil etishga yo‘naltiriladi. Unga ko’ra, ko‘cha va yo‘llar bo‘ylab temir panjara o‘rnatish uchun deyarli 1,5 mlrdga yaqin mablag‘ ajratiladigan.

T/rHudud nomiO‘lchov birligi (m)Ajratilgan mablag‘ (so‘mda)
1Olmazor tumani1 000260 mln so‘m
2Shayxontohur tumani600156 mln so‘m
3Bektemir tumani400104 mln so‘m
4Yashnobod tumani30078 mln so‘m
5Chilonzor tumani700182 mln so‘m
6Uchtepa tumani600156 mln so‘m
7Yakkasaroy tumani850221 mln so‘m
8Sergeli tumani25065 mln so‘m
9Yunusobod tumani400104 mln so‘m
10Mirzo Ulug‘bek tumani500130 mln so‘m
Jami5 600 metr1,45 mlrd so‘m

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida yo‘l transport hodisalarining oldini olish
maqsadida qavariq piyodalar o‘tish joylarini tashkil qilish uchun 588 mln so‘m ajratilmoqda.

T/rHudud nomiIsh hajmi (ta)Ajratilgan mablag‘ (so‘mda)
1Mirzo Ulug‘bek tumani228 mln so‘m
2Yashnobod tumani342 mln so‘m
3Bektemir tumani456 mln so‘m
4Olmazor tumani684 mln so‘m
5Shayxontohur tumani570 mln so‘m
6Yunusobod tumani570 mln so‘m
7Chilonzor tumani342 mln so‘m
8Sergeli tumani570 mln so‘m
9Mirobod tumani570 mln so‘m
10Yakkasaroy tumani228 mln so‘m
11Yangihayot tumani228 mln so‘m
Jami42 ta588 mln so‘m

Tegishli takliflar «Toshkent Invest kompaniyasi» AJ Kuzatuv kengashiga kiritiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Davlat budjetidan davolash yo‘llanmalari uchun 1,1 trln so‘m ajratilgani haqida yozgandi.

Shuningdek