O‘zbekiston va Vengriya atom energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi
Tinch maqsadlarda
O‘zbekiston va Vengriya atom energetikasi sohasida hamkorlik qiladi / Foto: «O‘zatom» agentligi

«O‘zatom» agentligi va Vengriyaning MVM EGI Zrt. davlat korxonasi o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik bitimi va anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur hujjatlar Shavkat Mirziyoyevning 19–20-may kunlari Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan Budapesht shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida imzolandi.

Bitim doirasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, atom elektr stansiyalarida quruq sovitish tizimlarini yetkazib berish, infratuzilmani yaratish hamda kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlik rejalashtirilgan.

Anglashuv memorandumi esa uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklikni yo‘lga qo‘yishni, O‘zbekiston hududida atom elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi savdo hajmi 500 million yevroga yetkazilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek