Epic Games’ning Fortnite o‘yini Apple App Store’da yana paydo bo‘ldi

eʼlon qilindi
Besh yillik taqiqdan so‘ng
Epic Games’ning Fortnite o‘yini Apple App Store’da yana paydo bo‘ldi / Foto: Mashable

AQShda Apple kompaniyasining App Store do‘konida mashhur ko‘p o‘yinchili otishma o‘yini Fortnite yana paydo bo‘ldi. Bu o‘yin besh yillik taqiqdan keyin qayta tiklandi, deya xabar bermoqda Reuters.

Unga ko‘ra, Epic Games va Apple o‘rtasidagi sud jarayoni 2020-yildan beri davom etmoqda. Sud qaroriga ko‘ra, Apple o‘zining App Store’da ilovalar ichidagi to‘lovlarda komissiya olish amaliyotini o‘zgartirishi kerak. Sud Apple kompaniyasining ushbu qoidani buzganini aniqladi va kompaniyani raqobatni oshirishga chaqirdi.

Fortnite dastlab Android qurilmalarida va Yevropa Ittifoqidagi iOS platformalarida qayta paydo bo‘lgan edi. Endilikda esa u Apple qurilmalarida ham o‘ynalishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Siri tasodifan yoqilgan bo‘lsa, Apple sizga pul to‘lashi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek