O‘zbekistonliklar uchun AQSh vizasini olish osonlashadi

eʼlon qilindi
Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolari uchun ham O‘zbekistonda 30 kunlik kirish imkoniyati yaratiladi
O‘zbekiston va AQSh hamkorligi
O‘zbekistonliklar uchun AQSH vizasini olish osonlashadi / Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Prezident farmoni bilan Tashqi ishlar vazirligi uch oy muddatda AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kunlik muddatga vizasiz kirish rejimini joriy qilishi belgilandi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolariga AQShga kirish uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlash va yakuni bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolari uchun O‘zbekistonga ichki hujjat yoki ID-karta bilan, 16 yoshga to‘lmaganlar uchun esa «kinder pasport» orqali 30 kungacha kirish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, Bahrayn, Kuvayt va O‘mon fuqarolari uchun O‘zbekiston hududida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi haqida yozgandik.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizasiz rejim joriy qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek