Hyundai global talabning pastligi sababli Janubiy Koreyadagi elektromobil ishlab chiqarishini vaqtincha to‘xtatadi

eʼlon qilindi
27-maydan 30-maygacha 
Hyundai
Hatto Hyundai ham endi sotilmayapti: kompaniya avtomobil ishlab chiqarishni qisqartiradi / Foto: Hyundai

Hyundai Motor kompaniyasi 27-maydan 30-maygacha Janubiy Koreyadagi Ulsan Plant 1 zavodida elektromobillar ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatishini e’lon qildi. Bu haqda IThome xabar berdi.

Hyunadi
Hyundai avtomobil kompaniyasining Ulsan shahridagi birinchi zavodi / Foto: Hyundai

Zavodda Hyundai Ioniq 5 hamda Hyundai Kona krossoverining elektr versiyalari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishning to‘xtatilishiga sabab elektromobillarga global talabning keskin pasaygani, ayniqsa, Yevropa, Kanada va AQSh kabi asosiy eksport bozorlarida. Kompaniya bu holatni bojxona to‘lovlarining oshishi bilan ham bog‘lamoqda.

Hyundai vakillariga ko‘ra, Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarishning to‘xtatilishi Yevropa, AQSh va boshqa mintaqalarga eksport hamda sotuvdan keyingi xizmatlarga ta’sir qilmaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota kompaniyasi avtomobillarining narxini oshirishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek