Koreya O‘zbekistonda statistika rivoji uchun $3,8 mln ajratdi

eʼlon qilindi
Respondentlar bilan intervyu o‘tkazish uchun kompyuter tizimi ishlab chiqiladi
grant
Koreya O‘zbekistonda statistika rivoji uchun $3,8 mln ajratdi / Foto: Nick Brunner / Unsplash

Janubiy Koreya O‘zbekistonda statistika tizimni 2028-yilgacha rivojlantirish uchun $3,8 mln miqdorida grant ajratdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Pul mablag‘lari innovatsion raqamli texnologiyalar va xalqaro standartlarni joriy etishga yo‘naltiriladi. Respondentlar bilan intervyu o‘tkazish uchun kompyuter tizimi ishlab chiqiladi, shuningdek, ma’muriy ma’lumotlar integratsiyasi amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, grant statistika organi xodimlarini xalqaro o‘qitish va uskunalar xarid qilish imkonini beradi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylangani haqida xabar bergandi.

Shuningdek