O‘zbekistondagi islom banklari aktivlari 2033-yilga borib $2,4 mlrdgacha oshadi

2033-yilga borib O‘zbekistonda islom banklari aktivlari hajmi $2,4 mlrdgacha oshadi. Yevroosiyo taraqqiyot bankining (YTB) bazaviy prognoziga ko‘ra, bu ko‘rsatkich bilan mamlakat mintaqada Qozog‘istondan keyingi o‘rinni egallagan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasidagi sukuk aktivlari 2033-yilga borib $1,8 mlrddan oshadi.

Hujjat mualliflari mintaqada islomiy moliyalashtirish vositalarining yuqori o‘sish salohiyatini qayd etadi. Markaziy Osiyo aholisi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Vaqt o‘tishi bilan mintaqaning islom bankingidan xabardorligi va bunday moliyaviy mahsulotlarga qiziqishi ortib boradi.
Taxminlarga ko‘ra, 2028-yilga borib Markaziy Osiyodagi islom banklari aktivlari $2,5 mlrdgacha oshadi. 2033-yilga kelib ular deyarli $6,3 mlrdni tashkil qiladi. Sukuk aktivlari (obligatsiyalarning islom ekvivalenti) 2028 yilda $2,1 mlrdga, 2033 yilda esa $5,6 mlrdga oshadi.
Zaruriy qonunchilik bazasi ishlab chiqilgach 2028-yilga borib respublikada islom banki aktivlari hajmi $1,1 mlrdgacha oshadi, sukuk aktivlari hajmi $600 mlnga, yana besh yil ichida esa $1,9 mlrdga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’limiga $19,2 mln ajratgani haqida yozgan edi.