22-may kuni havo harorati 36-42 daraja oralig‘ida bo‘ladi

22-may kuni O‘zbekistonda havo ochiq va quruq bo‘lishi kutilmoqda. Aksariyat tog‘ oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Toshkent shahri va unga tutash viloyatlarda harorat kechasi 20–22°, kunduz kunlari esa 36–38° atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida eng yuqori harorat kuzatiladi — kunduzgi harorat 42 darajagacha yetadi.
Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida ham kun issiq kechadi — 32–38° oralig‘ida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida harorat nisbatan pastroq bo‘lib, kunduzgi harorat 27–33° oralig‘ida saqlanib turadi.
Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda esa havo nisbatan salqinroq bo‘ladi, kunduzgi harorat 23–28° atrofida bo‘ladi.