Farg‘onadagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi 586 million so‘mlik gaz o‘g‘irladi
eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi tomonidan 586,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan holat aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, MChJ mas’ul shaxslari gaz tarmog‘iga oshxona uskunalarini o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, tabiiy gazdan ruxsatsiz foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukusda 3,4 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlangani haqida yozgan edik.