Toshkent viloyatida yo‘lbars va yettita piton boqqan shaxs aniqlandi

eʼlon qilindi
Toshkent hayvonot bog‘iga topshiril
Toshkent viloyatida yo‘lbars va yettita piton boqqan shaxs aniqlandi / Foto: Ekologiya vazirligi

Toshkent viloyatidagi uylardan birida yo‘lbars va yettita piton noqonuniy boqqan shaxs aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Ekologiya vazirligi

O‘tkazilgan reyd davomida Toshkent tumani, «Tutzor» MFYda yashovchi fuqaro tomonidan yashash xonadonida noqonuniy ravishda 1 dona Аmur yo‘lbarsi va 7 dona yo‘lbarssimon piton ilonlari saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Ekologiya vazirligi

Yovvoyi hayvonlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. Bosh prokuratura tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Orol tubida sho‘rlanishga chidamli gigant qamish sinovdan o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek