Xitoyda 2025-yildagi eng sifatli krossover aniqlandi

22-may 2025 10:48 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
eng sifatli krossover
Xitoyda 2025-yildagi eng sifatli krossover aniqlandi / Foto: kitayskiye avtomobili

2025-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Xitoyda yig‘ilgan eng sifatli benzinli krossover – SAIC tomonidan ishlab chiqarilgan Audi Q6 deb topildi. Bu haqda «Kitayskiye avtomobili» nashri ma’lum qildi.

Xitoy avtomobillar sifati tarmog‘i e’lon qilgan reytingga ko‘ra, Audi Q6 faqat 140 jarima ball to‘plab, 175 ta model ichida eng yuqori o‘rinni egalladi. Ajablanarlisi reytingdan Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillar o‘rin olmadi.

Shuningdek, Honda’ning ikki modeli – Dongfeng Honda UR-V (142 ball) va XR-V (143 ball) mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni band etdi. Eng kuchli beshlikni FAW tomonidan yig‘ilgan Audi Q2L (145 ball) va GAC ishlab chiqargan Honda Avancier (146 ball) yakunladi.

Reyting haydovchilar tomonidan rasmiy shikoyat platformasida bildirgan muammolar asosida tuzilgan. Jarima balli qancha kam bo‘lsa, avtomobil sifati shuncha yuqori hisoblanadi. O‘rtacha krossoverlar segmenti 192 ball ko‘rsatdi.

Biroq barcha qo‘shma korxonalar yuqori natija qayd etmadi. Chery Jaguar Land Rover tomonidan yig‘ilgan Range Rover Evoque 263 ball bilan oxirgi o‘rinlardan birini egalladi. U bilan bir qatorda Venucia Star (259 ball) va Dongfeng Aeolus AX7 (267 ball) ham reyting autsayderlariga aylandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilning birinchi choragida eng sifatli elektromobillar ro‘yxati e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek