Moskvadagi o‘zbekistonliklar endi geolokatsiya orqali kuzatuvda bo‘ladi

eʼlon qilindi
1-sentabrdan
Moskvadagi o‘zbekistonliklar endi geolokatsiya orqali kuzatuvda bo‘ladi / Foto: Pexels.com

Shu yilning 1-sentabridan boshlab Rossiyaning Moskva shahri va Moskva viloyatida xorijiy migrantlar ustidan nazorat kuchaytiriladi. Bu haqda «Kommersant» nashri xabar berdi.

Eksperiment doirasida migrantlar maxsus mobil ilova orqali o‘z joylashuvini politsiyaga yetkazib borishga majbur bo‘ladi.

Ilovadan foydalanish uchun migrantlar daktiloskopiya (barmoq izlari) topshiradi, biometrik fotosurat joylashtiradi hamda haqiqiy yashash manzilini kiritadi. Shuningdek, mobil ilovani yuklab olib, geolokatsiyani yoqib qo‘yishi kerak.

Ilovadan foydalanishdan bo‘yin tovlagan shaxslar «nazorat ostidagi shaxslar» ro‘yxatiga kiritilib, Rossiyadan deportatsiya qilinadi.

Ilovani o‘rnatish va ro‘yxatdan o‘tish Saxarovodagi ko‘p tarmoqli migratsiya markazi orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, yashash manzili o‘zgargan taqdirda, bu haqda 3 ish kuni ichida Rossiya Ichki ishlar vazirligiga xabar berilishi shart.

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda Rossiyada 568,5 ming kishilik migratsion o‘sish qayd etilgan. Eng ko‘p migrantlar:

  • Toshkent (107 ming),
  • Dushanbe (128 ming),
  • Bishkek (105 ming)dan kelgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyaga kirishda migrantlardan OIV infeksiyasi yo‘qligi haqida guvohnoma talab qilinishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek