Honor 400 Pro operatsion tizimi 2031-yilgacha yangilanish ta’minlanadi

23-may 2025 10:55 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Honor 400 Pro
Honor 400 Pro operatsion tizimi 2031-yilgacha yangilanish ta’minlanadi / Foto: Honor

Honor kompaniyasining yangi flagman smartfoni — Honor 400 Pro foydalanuvchilarga 2031-yilgacha operatsion tizim va xavfsizlik yangilanishlarini va’da qilmoqda. Bu haqda 4pda nashri ma’lum qildi.

Bu Google bilan kengaytirilgan hamkorlik doirasidagi ilk natijalardan biri bo‘lib, qurilma SI funksiyalari va video generatsiyasi imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Honor 400 Pro texnik jihatdan ham kuchli:

  • 6,7 dyuymli OLED ekran, 5000 nitgacha yorqinlik, 120 Gs yangilanish;
  • Snapdragon 8 Gen 3 flagman chipi;
  • 6000 mA/soat akkumulyator, 100 Vt simli va 50 Vt simsiz quvvatlash;
  • 200 MP asosiy kamera, 50 MP telefoto va 12 MP ultra kenglik;
  • SI yordamida suratni «ko‘zini ochish», yaltirashni olib tashlash, shisha ortidan tasvirni tozalash.

Shuningdek, bu Honor ilk bor Google Veo 2 modelini integratsiya qilgan bo‘lib, foydalanuvchilar smartfondanoq video yaratishi mumkin.

Honor 400 esa ixchamroq va oddiyroq model bo‘lib, Snapdragon 7 Gen 3, 80 Vt quvvatlash va IP66 darajadagi himoya bilan taqdim etildi.

Ikkala model ham 6 yilgacha yangilanish oladi. Bu hozirda Android ekotizimidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri sanaladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor 400 seriyasi 28-may kuni taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek