Toshkentda kuchli shamol: shahar hokimligi aholiga murojaat bilan chiqdi
eʼlon qilindi
Simlar uzilishi, daraxtlar qulash xavfi va havoda chang miqdorining ortishi mumkin

Kuchli shamol sababli Toshkentda simlar uzilishi, daraxtlar qulash xavfi va havoda chang miqdorining ortishi mumkin. Shu munosabat bilan shahar hokimligi aholiga quyidagi tavsiyalarni beradi:
- Avtomobillarni daraxtlar va elektr tarmoqlari ostida qoldirmang;
- Imkon qadar ko‘chaga chiqishni cheklang, ayniqsa, chang yoki allergiyaga sezuvchan bo‘lsangiz;
- Harakatlanishda ehtiyotkorlikni saqlang;
- O‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlang.
Favqulodda holatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qiling: 1050, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.
Avvalroq «Kursiv» nashri 23-may kuni kutiladigan ob-havo haqida yozgandi.