
Netflix platformasi tomonidan ishlanayotgan Amir Temur haqidagi tarixiy filmning suratga olish ishlari yakunlandi. Bu haqda film ijodkorlari Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Filmda Amir Temurning hayoti va hokimiyat tepasiga kelishi hikoya qilinadi. Ijodkorlarning ta’kidlashicha, kartina buyuk sarkardaning yuksalishi haqidagi epik hikoyani tarixiy aniqlik va davr muhitiga mos holda aks ettiradi.




Film rejissyori Jeykob Shvars, ssenariy muallifi esa Metyu Grin. Bosh rol – Amir Temur obrazini Kristian Mortensen gavdalantirgan. Filmda, shuningdek, Mahesh Jadu (Amir Husayn roli) va o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova (Aljay roli) ishtirok etgan.
Loyihaga 2022-yil oxirida start berilgan bo‘lib, suratga olish ishlari O‘zbekiston va Qozog‘istonda olib borilgan. Ayni vaqtda film postprodakshn bosqichida. Premyerasi 2025-yil yozining oxirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda ekranlarga chiqqan 7 ta yangi fantastik filmlar haqida yozgandi.