Vyetnamda Telegram messenjeri bloklanadi

eʼlon qilindi
Foydalanuvchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurashda hamkorlik qilmagani uchun
Telegram
Vyetnamda Telegram messenjeri bloklanadi / Foto: IPvinesh

Vyetnam Texnologiya vazirligi telekommunikatsiya provayderlariga Telegram messenjeridan jinoyatlarga oid xabar almashish holatlarida hamkorlik qilmaganliklari sababli uni bloklashni buyurdi, deya xabar berdi Reuters.

Texnologiya vazirligi aloqa boshqarmasi tomonidan imzolangan 21-maydagi hujjatda telekommunikatsiya kompaniyalariga Telegram’ni blokirovka qilish choralarini ko‘rish va 2-iyunga qadar vazirlikka xabar berish topshirilgan.

Vazirlik telekommunikatsiya provayderlaridan Vyetnamdagi Telegram faoliyatini oldini olish bo‘yicha yechimlar va choralar ko‘rishni so‘radi. Hujjatda aytilishicha, politsiya mamlakatdagi 9600 Telegram kanali va guruhining 68 foizi qonunni buzayotgani haqida xabar bergan.

Telegram
Telegram messengeri / Foto: Pexels

Undan keyin vazirlik ilova orqali amalga oshirilgan noqonuniy harakatlar orasida firibgarlik, narkotik moddalar savdosi va «terrorizmga aloqadorlikda gumon qilingan holatlar»ni ko‘rsatgan.

Vyetnam politsiyasi va davlat axborot agentliklari odamlarni mumkin bo‘lgan jinoyatlar, firibgarlik va Telegram kanallari va guruhlarida ma’lumotlar sizib chiqishi haqida bir necha bor ogohlantirgan.

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov xizmatning butun 12 yillik tarixida hech qachon foydalanuvchilarning shaxsiy xabarlarini oshkor qilmaganini ma’lum qilgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram faqat jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarning IP manzillari va telefon raqamlarini taqdim etishga tayyor. Biroq bu faqat sud qarori mavjud bo‘lsa va xabarlarning mazmuni uzatilmasa sodir bo‘ladi.

Durov kompaniyaning prinsipial pozitsiyasini ta’kidlagan: Telegram messenjeri shifrlashni zaiflashtirish uchun backdoor’larni qo‘llashdan ko‘ra bozorni tark etishni afzal ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Telegram $50 minglik tanlov e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek