Garvard xorijlik talabalarni qabul qilish huquqini saqlab qoldi

eʼlon qilindi
Bu amaliyot sud jarayoni davomida to‘xtatiladi
Garvard xorijlik talabalarni qabul qilish huquqini saqlab qoldi. Foto: f11photo

AQSh federal sudi Donald Tramp ma’muriyatining Garvard universitetiga xorijlik talabalarni qabul qilishni taqiqlovchi qarorini vaqtincha bekor qildi.

Tramp ma’muriyati universitetning Student and Exchange Visitor Program (SEVP) — xorijlik talabalarni qamrab oluvchi asosiy akademik dastur litsenziyasini bekor qilishga harakat qilgan edi. Sud qaroriga ko‘ra, bu amaliyot sud jarayoni davomida to‘xtatiladi.

Mazkur qaror Garvard tomonidan Massachusets shtati federal sudiga kiritilgan da’voga javoban qabul qilindi. Universitet Tramp ma’muriyatining bu harakatini noqonuniy deb baholab, xorijlik talabalarning huquqlari buzilayotganini ta’kidlagan. Tramp ma’muriyati vakillari bu qaror ustidan apellyatsiya kiritish huquqiga ega.

Ma’lumot uchun, o‘tgan o‘quv yilida Garvardda 7 mingga yaqin xorijiy talabalar tahsil olgan, bu universitetdagi umumiy talabalar sonining 27,2 foizini tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat Ichki xavfsizlik vazirligi Garvard universitetining xorijiy talabalarni o‘qitish va talaba almashinuvi dasturlarini amalga oshirish huquqini beruvchi sertifikatini bekor qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek