Android 16 oladigan Xiaomi, Redmi va Poco qurilmalari ro‘yxati e’lon qilindi

eʼlon qilindi
2025-yil iyun oyida
Android 16 oladigan Xiaomi, Redmi va Poco qurilmalari ro‘yxati e’lon qilindi / Foto: Gizmochina

Android 16 operatsion tizimining yakuniy versiyasi 2025-yil iyun oyida chiqarilishi kutilmoqda. Bu haqda gizmochina nashri ma’lum qildi.

Google tomonidan ishlab chiqilgan ushbu yangilanishdan so‘ng yirik smartfon brendlari o‘z qurilmalari uchun moslashtirilgan versiyalarni tarqatishni boshlaydi. Yangilanishni birinchilar qatorida olish kutilayotgan kompaniyalardan biri – Xiaomi.

Xiaomi allaqachon Android 16’ning ommaviy beta-sinovlarida ishtirok etmoqda va bu kompaniyaning foydalanuvchilari Android’ning eng yangi imkoniyatlaridan erta foydalanishi mumkinligini anglatadi. Hozircha yangilanish aniq qachon boshlanishi noma’lum, biroq Android 16 versiyasini qabul qilishi kutilayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati allaqachon e’lon qilingan.

Android 16 oladigan Xiaomi smartfonlari:

  • Xiaomi 15, 15 Pro, 15 Ultra, 15S Pro
  • Xiaomi 14, 14 Pro, 14 Ultra, 14T, 14T Pro, 14 Civi
  • Xiaomi 13, 13 Pro, 13 Ultra, 13T, 13T Pro
  • Xiaomi Civi 3, Civi 4 Pro, Civi 5 Pro

Redmi smartfonlari:

  • Redmi Note 14 (LTE/5G), Note 14 Pro (LTE/5G), Note 14 Pro+ 5G
  • Redmi Note 13 (LTE/5G), Note 13 Pro (LTE/5G), Note 13 Pro+ 5G, Note 13R
  • Redmi K80, K80 Pro, K70, K70 Pro, K70 Ultra, K70E
  • Redmi K60, K60 Pro, K60 Ultra
  • Redmi 14R, 14C
  • Redmi 13 (LTE/5G), 13R, 13C (LTE/5G)
  • Redmi A4 5G, A3 Pro

Poco smartfonlari:

  • Poco F7, F7 Pro, F7 Ultra
  • Poco F6, F6 Pro
  • Poco X7, X7 Pro, X6, X6 Pro
  • Poco M7, M7 Pro, M6 (LTE/5G), M6 Plus, M6 Pro (LTE/5G)
  • Poco C75, C71

Xiaomi planshetlari:

  • Xiaomi Pad 7, Pad 7 Pro, Pad 7 Ultra
  • Xiaomi Pad 6 Pro, Pad 6 Max 14, Pad 6S Pro 12.4

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Android 16 o‘g‘irlangan telefonni «g‘ishtga» aylantirishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek