
Realme GT 7 smartfoni «Mobil qurilmada eng uzoq vaqt davomida film tomosha qilish» nominatsiyasida Ginnes rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
24 soatlik uzluksiz kino seansi natijalari 2025-yil 23-may kuni rasmiy ravishda tasdiqlandi.
Rekordga erishishda smartfonning 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyatori va 120 Vt quvvatga ega o‘ta tezkor simli zaryadlash tizimi muhim rol o‘ynadi. Realme bu ko‘rsatkichlar TÜV Rheinland’ning 5 yulduzli sertifikatiga ega bo‘lganini ham ta’kidladi.

Realme GT 7 va GT 7T smartfonlarining xalqaro taqdimoti 2025-yil 27-may kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Global model MediaTek Dimensity 9400e chipi, Sony IMX906 asosiy kamera, 4K 120 fps video yozuvi va 32 MP old kamera bilan jihozlangan. Teskari zaryadlash esa 7,5 Vt kuch bilan amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Aston Martin va Realme hamkorlikda smartfon ishlab chiqarishi haqida xabar bergan edi.