Misr Qoraqalpog‘istonga 660 mln dollar sarmoya kiritadi

eʼlon qilindi
Respublika Vazirlar Kengashi Bell Energy kompaniyasi bilan beshta memorandum imzoladi
Нукус
Foto: Xalq so’zi

«Dunyo» axborot agentligi xabar berishicha, Misr Qoraqalpog‘istonga $660 mln miqdorida investitsiya kiritadi. Respublika Vazirlar Kengashi Bell Energy kompaniyasi va uning hamkorlari bilan beshta memorandum imzoladi.

Kelishuv respublika Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayevning Bell Energy boshqaruv raisi Xaysam Husayn bilan uchrashuvi davomida imzolandi.

Bell Energy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish, yer osti neft omborlarini qurish va «Qayroqtosh» oltin konini o‘zlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, Misr kompaniyasi Qoraqalpog‘iston hududida bambuk plantatsiyalarini yaratadi. Ularda bioetanol va aviatsiya uchun yoqilg‘i ishlab chiqariladi.

Respublikada, shuningdek, Bell Energy ishtirokida bolalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan loyiha amalga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Silk Avia Nukusdan Mo‘ynoqqa qo‘shimcha aviareyslarni yo‘lga qo‘yayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek