TCL Flip 4 5G namoyish etildi

25-may 2025 18:00 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
TCL Flip 4 5G
TCL Flip 4 5G namoyish etildi / Foto: TCL

TCL kompaniyasi AQSh bozorida arzon, ammo zamonaviy funksiyalarga ega TCL Flip 4 5G telefonini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Narxi atigi $79,99 bo‘lgan qurilma jismoniy klaviatura, 5G aloqasi va 40 soatgacha gaplashuvni ta’minlovchi 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.

Flip formatdagi telefon 3,2 dyuymli ichki va 1,77 dyuymli tashqi ekranga ega bo‘lib, KaiOS 4.0 operatsion tizimida ishlaydi. Protsessor sifatida Qualcomm Snapdragon 4s Gen 2 tanlangan, 2 GB tezkor va 32 GB ichki xotira mavjud. Xotirani microSD karta orqali kengaytirish mumkin.

Qurilmada HD Voice texnologiyasi, shovqinni kamaytiruvchi mikrofonlar, 5 megapikselli kamera, FM-radio, musiqiy pleer va Google ilovalari (YouTube, xaritalar, e-mail) o‘rnatilgan. Aloqa imkoniyatlari orasida 5G, Wi-Fi ac, Bluetooth 5.0 va USB Type-C mavjud.

Flip 4 5G – oddiylikni qadrlaydigan, lekin zamonaviy aloqa imkoniyatlaridan voz kechishni istamaydigan foydalanuvchilar uchun ideal tanlov.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Realme GT 7 Ginnes rekordini o‘rnatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek