Pul evaziga ishga kiritmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.
Toshkent shahar Adliya boshqarmasida ishlagan, 1992-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining «mansabdor tanishlari» orqali odamlarni ishga joylab qo‘yishni va’da qilib, lavozimga qarab $1,5 – $2 ming talab qilgan. U tezkor tadbirda $1,9 ming va 1,3 mln so‘m olgan paytda ushlandi.
Qashqadaryoda esa Milliy gvardiya xodimi viloyat IIBga ishga kiritish uchun 2 ming olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda har ikkala holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkorlar foydasiga 82 mlrd soʻmlik QQSni noqonuniy qaytargan soliq xodimlariga jinoyat ishi ochilgan edi.