Poytaxtda muammolar ko‘proq qaysi hududlarda hal etilgan

eʼlon qilindi
Shahar aholisi ko‘pincha kommunal xizmatlar haqida shikoyat qilgan
Toshkent
Poytaxtda muammolar ko‘proq qaysi hududlarda hal etilgan / Foto: OLX

«Xalq nazorati» ma’lumotlariga ko‘ra, 23-mayga qadar toshkentliklar tomonidan shahar hokimiyatiga 25,8 mingdan ortiq murojaatlar yo‘llandi. Fuqarolar muammolari bilan ishlash bo‘yicha Uchtepa va Olmazor tumanlari eng yaxshi natijalarni qayd etgan.

Poytaxtliklar eng ko‘p uy-joy kommunal sohasidagi muammolar yuzasidan murojaat qilgan. Shikoyatlarning 30,6 foizi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keldi.

Poytaxt aholisi murojaatlariga eng salbiy munosabat Shayxontohur va Sergeli tumanlarida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri kuchli shamol Toshkentdagi daraxtlarni qulatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek