Ilon Mask siyosiy faoliyatni yakunladimi

eʼlon qilindi
U sahifasidagi barcha postlarni olib tashladi
Ilon Mask siyosiy faoliyatni yakunladimi / Foto: Britannica

Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan barcha postlar olib tashlandi. Hozircha milliarder bu borada hech qanday rasmiy izoh bergani yo‘q.

Bu holat, ehtimol, Maskning siyosiy faoliyatdan chekinishi bilan bog‘liq. Sababi, u bunga qadar siyosiy bayonotlari uchun ko‘p bora tanqid qilindi, hattoki Tesla avtomobillari va salonlariga ham hujumlar bo‘lgan.

Avvalroq Mask AQSH hukumati tarkibidagi DOGE bo‘limiga rahbarlik qilgan edi, biroq o‘tgan hafta u katta siyosatdan voz kechayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u endilikda Tesla, SpaceX, xAI va boshqa kompaniyalarda 24/7 rejimida ishlayotganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, oldinroq uning X’dagi sahifasi siyosiy mazmundagi postlar bilan to‘lib-toshgan edi. Endilikda u o‘z haqiqiy ismiga qaytdi va avvalgi taxalluslaridan voz kechdi.

Hozir Maskning sahifasida faqat bitta post qolgan – unda milliarder Starship uchirilishidan oldin Marsni koloniyalash bo‘yicha rejalarini e’lon qilishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mask Tesla iyun oxirigacha robotaksi sinovlarini boshlashini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek