O‘zbekistonda milliy qayta sug‘urta kompaniyasi tashkil etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, «O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» nomli milliy qayta sug‘urta tashkiloti barpo etiladi.
Ushbu tashabbus qayta sug‘urta tizimini 2025-yilda yanada takomillashtirish, bozordagi ishtirokni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Yangi kompaniya milliy qayta sug‘urta bozorini 4 trln so‘mgacha kengaytirishi, eksport hajmini kamida 30 foizga oshirishi, shuningdek, soha investitsiyalarini 150 mlrd so‘mgacha yetkazishi rejalashtirilmoqda.
Kompaniya barcha qayta sug‘urta turlarini amalga oshirish bilan birga, mahalliy va xorijiy investorlar loyihalarini kompleks tavakkalchiliklardan himoya qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bojxona institutida dual ta’lim tizimi joriy etilishi haqida xabar bergan edi.