SpaceX endilikda parashyut ham ishlab chiqmoqda

SpaceX Crew Dragon uchun ilk bor o‘zining maxsus tormoz parashyutlarini ishlab chiqdi. Bu haqda kompaniya o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Bu kompaniyaning vertikal integratsiya strategiyasi, ya’ni asosiy komponentlarni mustaqil ishlab chiqarish va xarajatlarni qisqartirish doirasidagi muhim qadam hisoblanadi.
Joriy yilda sinovdan o‘tkazilgan ushbu parashyutlar mustahkamroq ulanish qismlari, bardoshli lentalar hamda silliq ochilishi va to‘liq to‘lishini ta’minlovchi yangilangan joylashuvi bilan ajralib turadi.
Parashyutlar ustida olib borilgan ishlar SpaceX’ning NASAning Commercial Crew Program doirasidagi missiyalar va kelgusidagi Xalqaro kosmik stansiyaga parvozlar uchun Crew Dragon’ni takomillashtirishga qaratilgan keng strategiyasiga mos keladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan barcha postlar olib tashlagani haqida yozgandi.