O‘zbekiston terma jamoasining BAA va Qatarga qarshi bahslar uchun qaydnomasi e’lon qilindi

26-may 2025 15:07 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Foto: UFA

O‘zbekiston milliy terma jamoasining saralash bosqichi so‘nggi ikki turi uchun qaydnomasi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assossiyatsiyasi ma’lum qildi.

2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi BAA va Qatar termalariga qarshi uchrashuvlarga tayyorgarlikni 28-maydan boshlaydi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inining ilk bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi, 29-maydan esa tayyorgarlik Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiriladi.

Terma jamoamiz 5-iyun kuni safarda BAA bilan bahs olib boradi, 10-iyun kuni esa Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida Qatar termasini qabul qiladi.

Bosh murabbiy Timur Kapadze ushbu uchrashuvlar uchun quyidagi futbolchilarni yig‘inga jalb qildi.

Foto: UFA

Avvalroq Kursiv Uzbekistan muxlislar ogohlantirilgani, BAAdagi o‘yinga chiptalar hali rasman sotilmaganligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek